+998 (61) 2242244

22-10-2025 34
“Ona tilim ǵururim faxrim ” kechasi

“Ona tilim ǵururim faxrim ” kechasi
2025-yil 21-oktabr kuni Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan sanaga bag‘ishlab «Ona tilim ǵururim faxrim» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

🎤 Tadbirni maktab direktori B. Ismaylov ochib berdi. U o‘z nutqida o‘zbek tilining xalqimiz ma’naviy merosidagi o‘rni, bugingi rivojlanishi va uni asrab-avaylash zarurati haqida so‘z yuritdi.

🎶 Dastur davomida Ózbek tili fani óqituvchisi Haytimbetova Muxaddas “Ona tilim ǵururim faxrim ” dagi bayoni bilan tadbir qatnashuvchilariga ózbek tilining tarixiy ahamiyati va mamlakatimiz rivojlanishida tutgan urni haqida tushincha berdi.
Tadbirda ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar yangradi, Alisher Navoiy asarlaridan saxna kórinishlar ijro etildi. Óquvchilar tilimizning go‘zalligi va qadri haqida iftixor bilan so‘z yuritdilar.